Online Tayyorlov
Online Tayyorlov
Tayyorlov markazi
← Blogga qaytish
2-iyul, 2026

Tanqidiy fikrlash nima uchun muhim

🤔 Nima uchun farzandlarimiz tanqidiy fikrlashni o'rganishi kerak?

Ochig'ini aytsam, men ham bu fan haqida aynan Prezident maktabi imtihonlarida tanqidiy fikrlash testlari paydo bo'lgandan keyin jiddiy qiziqa boshladim.

O'sha paytda men katta sinflarga matematika va fizika fanlaridan DTM darajasidagi masala va misollarni o'rgatardim. Shunga qaramay, tanqidiy fikrlash savollari menga yechib bo'lmaydigan tilsimdek tuyulardi.

Lekin vaqt o'tib bu fanni chuqur o'rganganim sari bitta narsani angladim: tanqidiy fikrlash — bu shunchaki imtihon fani emas. Bu hayotiy ko'nikma.

Bu fandagi har bir savolni o'qiyotganingizda xuddi qiziqarli maqola o'qigandek bo'lasiz. Chunki savollar ham aslida turli maqolalar, faktlar va ma'lumotlar asosida tuziladi.

Men uni biroz IELTS Reading bo'limiga o'xshataman. Ammo tanqidiy fikrlashning farqi shundaki, juda qisqa matn ichiga juda ko'p ma'lumot joylashtirilgan bo'ladi. Shuning uchun o'quvchi nafaqat o'qiydi, balki tahlil qiladi, taqqoslaydi, xulosa chiqaradi va eng to'g'ri javobni topadi.

Bugun "Sodda mantiqiy mulohaza" mavzusini tahlil qilib o'tirib, bir narsani o'yladim.

Bu mavzuni mukammal o'zlashtirgan bola xuddi ensiklopediya o'qigandek bo'ladi. Chunki u faqat test ishlamaydi, balki dunyoqarashi kengayadi, fikrlashi o'zgaradi va har bir ma'lumotni tahlil qilishni o'rganadi.

Shu mavzu uchun juda chiroyli infografika tayyorladim. 👆 Rasmini yuqorida joyladim.

Ishoning, tanqidiy fikrlash — o'rganish juda zavqli va farzandlarimiz kelajagi uchun eng foydali fanlardan biri.

Ulashing:

✈️ Telegram